AsosiyJamiyat

G`uzordagi archa nega yongan edi? Tafsilotlar ma`lum qilindi

'G`uzordagi archa nega yongan edi? Tafsilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Biroz avvalroq  saytimizda Qashqadaryo viloyati , “G`uzor tumani «Shurtan» futbol kulubi oldida o`rnatilgan archa yongani haqida xabar qilgan edik. G`uzor tumani hokimligi bu holatga aniqlik kiritdi.

 

Holat yuzasidan tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasining “Yangi yil archasi xavfsizligini ta`minlash” maqsadida tuzilgan ishchi guruxining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2020 yil 3 yanvar kuni soat 17-30 lar chamasida G`uzor tumandagi Markaziy uyingoxi oldida o`rnatilgan “Yangi yil archa”siga bezatilgan elektr chiroqlari navbatchi xodimlar tomonidan yoqilgan vaqtida, archaning yuqori qismida o`rnatilgan «Yulduzsimon” bezagi elektr energiya simlari yog`ingarchilikdan namiqishi natijasida qisqa tutashuv sodir bo`lgan.

Ushbu yulduzsimon bezagi elektr tokining kuyib eriganligi, archaning pastki qismida o`rnatilgan elektr himoya apparatlari (saqlagichlar) avtomatik tarzida ajratilishi natijasida archaga yong`in tarqalmagan va zararlanmaganligini ma`lum qildi.

Archaning yulduzsimon bezagi tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan shu kunning o`zida bartaraf etilgan.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar