AsosiyJamiyat

O`zbekistonda suv iste`molchilarining barchasi individual schyotchiklardan foydalanishga o`tadi

'O`zbekistonda suv iste`molchilarining barchasi individual schyotchiklardan foydalanishga o`tadi'ning rasmi

3 yil davomida O`zbekiston fuqarolarining barchasi suvdan foydalanishni ximoyalaydigan individual schyotchiklardan foydalanishga o`tadi. Ushbu ma`lumot ayni daqiqalrda bo`lib o`tayotgan Xalqaro press-klubning O`zbekistonda uy-joy va kommunal soha islohotlariga bag`ishlangan navbatdagi sessiyasida Uy-joy kommunal xizmat ko`rsatish vaziri Muzaffar Soliev tomonidan ma`lum qilindi.

Keltirilgan ma`lumotilarga ko`ra, suv narxi O`zbekiston eng arzon hisoblanadi, ya`ni 310 so`m. Shuningdek, O`zbekiston eng ko`p suv iste`mol qiladigan davlatlardan biri ham xisoblanadi. Respublika bo`ylab 13 mingdan oshiq quduqlar mavjud bo`lib, toza ichimlik suvini asosan er osti quvurlaridan olinadi. Shundan O`zbekiston fuqarolarining 9% maxsus mashinalarda etkaziladigan suvni iste`mol qiladi. Bunga Qoraqalpog`iston Respublikasi, Farg`ona viloyati, Qashqadaryo viloyati va boshqa viloyatdagi chekka hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolar  kiradi. 

2,5 trln sum pul aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan. Vazilik tashkil etilguniga kadar esa jami, atigi 1 mlrd dollar mablag ajratilgan. Korrupsiyani xisobga olganda, bu juda kichkina summaligi aytildi.

Bundan tashqari, ayni paytda Respublikadagi issiqlik tizimi holati bo`yicha ham ma`lumot berildi. 

“Bugun uylarni isitish tizmidagi muammolar fuqarolar bilan bog`liq emas. Balki tizimning o`zida qator kamchiliklar mavjud bo`lgan. Ya`ni  yillar davomida yig`ilib qolgan va 70-, 80-yillardagi katta foydalanishlardan vujudga kelgan muammolarga e`tibor qaratilmagan. Keyin bu soha kitobi yopilgan va o`z xoliga tashlab qo`yilgan. Eski tizim orqali 40-45 foiz tabiiy yo`qotishlar bo`lmokda. Ya`ni ko`chadagi quvurlar bekorga isib yotibdi. Shunga ko`ra, 2 yil vaqtimiz sohani va muammolarni o`rganib, tahlil qilishga ketdi. Kelajakdagi rejalarga ko`ra, Buxoro va Chirchiq shaharlarida zamonaviy yopiq issiqliq tizimi 2030 yilda 1-martta ishga tushiriladi. Undan keyin navbat Andijon, Samarkand va Toshkent shahri Sergeli tumaniga”, — dedi Muzaffar Soliev.

    Boshqa yangiliklar