AsosiyJamiyat

O`zbekistonda birinchi marta “Evropa va Osiyo mamlakatlari iste`molchilari forumi” o`tkaziladi

'O`zbekistonda birinchi marta “Evropa va Osiyo mamlakatlari iste`molchilari forumi” o`tkaziladi'ning rasmi

14-19  yanvar kunlari O`zbekistonda birinchi marta “Evropa va Osiyo mamlakatlari iste`molchilari forumi” o`tkaziladi. Shu  munosabat bilan yurtimizga bir qancha xalqaro tashkilotlar rahbarlari kelishi kutilmoqda, deydi O`zbekiston Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi bo`lim boshlig`i Sherali Sattarov. 

 Jumladan, Xalqaro iste`molchilar tashkiloti (Consumer International) prezidenti Marimutu Nadason tashrifi ko`zda tutilmoqda.  U ushbu lavozimda 2019 yil maydan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.  Iste`molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ushbu forumda xalqaro tashilotlarning bu kabi vakillarining ishtiroki mamalakatimizda iste`molchilar huquqlarini himoya qilish borasida qilinayotgan ishlarni keng ommaga targ`ib etishda, rivojlangan mamalakatlarning bu sohadagi tajriba va yutuqlarini o`rganishda ulkan imkoniyat bo`lib xizmat qiladi desak mubolag`a bo`lmaydi.

O`zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan iste`molchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga qadar sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. 2020-yilning boshida Federasiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni o`rganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish,  xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ulkan rol o`ynaydi. Bir so`z bilan aytganda, iste`molchilar huquqlarini himoya qilish, mamalakatimizning boy tarixi va bugungi rivojlanishlar bilan jahon hamjamiyatini tanishtirishda Forum dadil qadamlarning qo`yilishidir.

    Boshqa yangiliklar