IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning 3 yanvar kuni IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Ohangaron” temiryo`l bekati oldida tezkor tadbir o`tkazilgan.
Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o`zining uch oylik chaqalog`i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga “xaridor”ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.
Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.
G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo`l transportida XTB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






