AsosiyJamiyat

Liviya harbiy akademiyasiga qilingan hujum natijasida 30 kishi halok bo`ldi

'Liviya harbiy akademiyasiga qilingan hujum natijasida 30 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Joriy yilning 4 yanvar kuni kechasi, Liviya poytaxtidagi harbiy akademiyaga qilingan hujumda kamida 30 kishi halok  bo`lgan va 33 kishi yaralangan. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Ma`lumki, Liviya aprel oyidan beri, harbiy qo`mondon Xalifa Xaftar boshchiligida armiya hujumlariga duch kelmoqda.

So`nggi kunlarda Tripoli atrofida havo hujumlari soni ko`paygan. Mazkur xujumlar Turkiya bu mamlakatga o`z qo`shinlarni joylashtirishga qaror qilganidan keyin  yanada kuchayishi mumkin.

Liviyaning xalkaro miqyosda tan olingan xukumati – GNA Sog`liqni saqlash vaziri Hamid bin Umarning intervyusida o`lganlar va yaradorlar soni o`sishni davom etayotganini ma`lum qilgan.

Raketalar va otishmalar sababli, Tripoli  aeroporti yopib qo`yildi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish Liviya borasida zudlik bilan sulh tuzishga chaqirdi. Uning so`zlariga ko`ra, urushayotgan tomonlarga xorijiy mamlakatlarning yordam berishi, davom etayotgan mojaroni yanada chuqurlashtirishi, tinch va keng qamrovli siyosiy echimga erishish harakatlarini yanada murakkablashtirishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar