Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2019-yilning 30-dekabr Emva shahrida O`zbekiston fuqarosi K.A. ish joyida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. Shuningdek 5-yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Kurortny tumanida yo`l-transport hodisasi natijasida haydovchi, O`zbekiston fuqarosi M.A. vafot etdi.
Ayni paytda ikki hodisaning tafsilotlarini aniqlash uchun tergov tadbirlari o`tkazilmoqda.
Bosh konsulxona tegishli masalalarni hal qilish uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo`lib turibdi.






