AsosiyJamiyat

110 nafar iqtidorli talabaning kontraktini Namangan viloyati hokimligi to`lab beradi

'110 nafar  iqtidorli talabaning kontraktini Namangan viloyati hokimligi  to`lab beradi'ning rasmi

Viloyatda talab yuqori bo`lgan va mutaxassislar etishmayotgan yo`nalishlar bo`yicha Respublika oliygohlarida ta`lim olayotgan 100 nafar talabaning kontrakti mahalliy byudjet mablag`lari hisobidan hamda chet elda aniq fanlar yo`nalishida o`qiyotgan 10 nafar iqtidorli talabaning kontraktlari hokimlik zaxirasidan to`lab beriladi. Bunday imtiyoz taqdim etilgan yoshlar bilan o`qishni tamomlagach, o`z sohasida 5 yil viloyat hududida ishlab berish yuzasidan shartnoma imzolanadi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Norinda o`tkazilgan Yoshlar bilan muloqot chog`idagi nutqidan)

    Boshqa yangiliklar