Kameralardan olingan ma`lumotlar YXBB kompyuter tizimining serveriga yuboriladi.
Toshkentning ikkita chorrahasida, Xitoyning Hikvision kameralari o`rnatilgan bo`lib, ular sinov rejimida xavfsizlik kamarini taqmaganlik, haydash paytida telefonda gaplashishni qayd eta boshladi, deya xabar beradi Avtostrada.uz.
Ayni damda tizimni Xitoy uskunalarga moslashtirish va bizning iqlim va boshqa sharoitlarda qanday ishlashini ko`rish uchun sinov rejimida ishlamoqda.
Bugungi kunda Toshkentda 115 chorrahada zamonaviy videokameralar o`rnatilgan. Ular ikkita turdagi qoidabuzarliklarni qayd etmoqda: svetoforning taqiqlangan signalida o`tish va tezlikni oshirish.
Hammasi bo`lib, Toshkent shahrida 500 dan ortiq chorrahalar mavjud. 2020-2021 yillarda ularning barchasiga kuzatuv kameralarini o`rnatish rejalashtirilgan.






