O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining (“O`zstandart” agentligi) qarori bilan yangi davlat standarti (Oʻz DSt EN 13809:2019(EN 13809:2003, IDT – “Turizm xizmatlari. Turoperatorlar va turagentlar. Atamashunoslik”) qabul qilindi.
Standart O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi qoshidagi “Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu standartda turizm biznesida keng qo`llaniladigan bir qator atamalarning ta`riflari mavjud va u turizm xizmatlaridan foydalanuvchilar va provayderlar o`rtasidagi o`zaro hamfikrlikni osonlashtirishga undaydi.
Turizm xizmatlarini ongli ravishda tanlash sayohatchilar kutilmalarining qanoatlanish ehtimolini oshiradi. Shu bilan birga turizm biznesi yaxshi xabardor bo`lgan iste`molchilar borligidan ham foyda ko`radi. Standart shuningdek, turizm va sayohat bo`yicha boshqa standartlarni ishlab chiquvchilar va qonun chiqaruvchilar uchun ham foydali bo`lishi mumkin. Ma`lumot uchun ilova o`zbek, ingliz va rus tillaridagi atamalar lug`ati hisoblanadi. Standart 2020 yilning 1 aprelidan amalga joriy qilinadi.






