AsosiyJinoyat

Toshkentda odamlarni qurol bilan qo`rqitgan qozog`istonlik fuqaro ushlandi

'Toshkentda odamlarni qurol bilan qo`rqitgan qozog`istonlik fuqaro ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBBga asli Qozog`iston fuqarosi bo`lgan va qariyb bir yildan buyon O`zbekistonda yashab kelayotgan Said (ism-shariflar o`zgartirildi)ning shubhali harakatlari bo`yicha ma`lumotlar kelib tushgan.

«Postda.uz»ning yozishicha, ma`lumotlar bilan tanishib chiqqan IIV sohaviy xizmat xodimlari zudlik bilan qo`shimcha kuzatuv ishlarini boshlagan. Buning uchun Saidni qo`lga olish va uning qanday faoliyat bilan shug`ullanishini aniqlashtirish zarur bo`lgan.

Kuzatuv natijasida to`plangan ma`lumotlarga asosan Toshkent halqa yo`li bo`ylab harakatlanayotgan Cobalt mashinasini to`xtatib, IIV maxsus kuchlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbir natijasida u qo`lga olingan.

Qayd etilishicha, amaliyot davomida uning hamrohlari voqea joyidan ochiqdan ochiq qochishga uringani tufayli ular Saidning jinoiy sheriklari ekanligi oshkor bo`lgan. Qo`lga olish yakuniga etgach, mashina yukxonasida Saidga tegishli sumkadan oldindan taxmin qilinganidek, «Stechkin» markali jangovar o`qotar qurol va 13 dona patron topilgan.

Ma`lum bo`lishicha, Qozog`iston Jinoyat kodeksining turli moddalari bilan uch marta sudlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan Said 2018 yilning sentyabr oyida aylanma yo`llar bilan O`zbekistonga kelgan.

Tintuv jarayonida Said va sheriklarining giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug`ullanishi ma`lum bo`lgan. Saidning kiyim-boshlari ko`zdan kechirilganda gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan. Tergov jarayonida u Toshkent tumani Keles ko`chasidagi vaqtincha yashayotgan uyida o`ziga tegishli 30 ta polietilen paketga qadoqlangan giyohvandlik moddasi borligini ham tan olgan.

Giyohvand moddalarni Qirg`iziston fuqarosi Rustam ismli shaxsdan olganligini aytgan Saidga Tojikistondan ham bir necha marta giyohvandlik moddalari olib kirganligini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan.

Giyohvand moddalar keltirishda unga mashinada qo`lga olingan hamrohlari A. Makarenko va S. Botir yaqindan yordam berib kelgan. Cobalt yo`lovchilaridan yana biri B.Olim tekshirilganda uning yonidan ham giyohvandlik moddasi topilgan.

Surishtiruv davomida Said jinoyatga moyilligi va pulga muhtojligi bo`lgan shaxslarni yig`ib, bosqinchilik bilan ham shug`ullanib kelganligi haqidagi faktlar oydinlashgach, avtomashina yukxonasiga «Stechkin» va uning 13 dona patronidan odamlarni qo`rqitish, bosqinchilik qilish, narkotik moddalarni olib kirish va sotishda foydalanilgani oydinlashgan.

Boshqa yangiliklar