AsosiyJamiyat

Homilador ayolini do`pposlagan IIB xodimi ustidan tergov boshlandi

'Homilador ayolini do`pposlagan IIB xodimi ustidan tergov boshlandi'ning rasmi

Ayolga jismoniy zarar etkazilganiga oid barcha hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga taqdim qilingan. Toshkent shahar IIB homilador rafiqasini do`pposlagan Ichki ishlar boshqarmasi xodimiga nisbatan tergov ishlarini boshladi. 

Ma`lumot uchun, Toshkent shahrida yashovchi IIB xodimi 19 yoshli homilador rafiqasini do`pposlaganidan so`ng unda yopiq bosh miya jarohatlari va gematomalar aniqlangan. Bundan tashqari, ayolning burni singani ham tahmin etilgan. Ayollar shifokori esa jabrlanuvchining homilasi nobud bo`lishi xavfi mavjud ekanligini aytgan. IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur hodisa rahbariyat tomonidan nazoratga olingan va ayni vaqtda ichki tekshiruv olib borilmoqda. Ayolga jismoniy zarar etkazilganiga oid barcha hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Shayxontohur tumani prokuraturasiga taqdim qilingan.

Boshqa yangiliklar