AsosiyJamiyat

Qirg`iziston bilan chegarada sodir bo`lgan voqeaga rasmiy izoh berildi

'Qirg`iziston bilan chegarada sodir bo`lgan voqeaga rasmiy izoh berildi'ning rasmi

Qirg`iziston va O`zbekiston chegarasida qurolli to`qnashuv sodir bo`lganligi to`g`risida avval xabar bergan edik. Chegara qo`shinlari mazkur voqea yuzasidan izoh berdi. Unda aytilishicha qo`shni davlatdan kelgan cho`ponlar O`zbekiston hududida qoramol boqishgan, harbiylar ularni ortga qaytarib yuborgan.

6 yanvar, dushanba kuni soat 13:30 da Namangan viloyatining Pop tumanidagi Oq-Kurcha uchastkasida o`zbek chegarachilari davlat chegarasini buzuvchilarni payqadi, deya xabar beradi O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari matbuot xizmati.

500 ga yaqin mayda shoxli mollar boqayotgan Qirg`iziston fuqarolari o`z davlatlari chegarasidan 1,5 km masofada O`zbekiston hududiga kirib kelishdi, deb aniqlik kiritdi Chegara xizmati matbuot xizmati.

O`zbekiston chegarachilari chegarani buzish joyiga etib kelishlaridan oldin qirg`iz cho`ponlari podaning ko`p qismini Qirg`izistonning Jalolobod viloyati Arab Ala-Buka tumaniga qaytarib o`tishgan. Qolgan podalar Oq-Kurchada bo`lgan.

O`zbekiston chegarachilari chorva mollari va tinch aholini «ikki tomonlama kelishuvda erishilgan chegara chizig`idan tashqariga» — Qirg`iziston hududiga chiqarib yuborishgan.

Ushbu holat bo`yicha O`zbekiston va Qirg`iziston chegara vakillarining uchrashuvi bo`lib o`tdi, mojaro ijobiy hal qilingan, chegara hududi aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar