AsosiyJamiyat

IIV Buxoroda bir necha inson o`limiga sabab bo`lgan “Nexia” va “Isuzu” to`qnashuvi sabablariga oydinlik kiritdi

'IIV Buxoroda bir necha inson o`limiga sabab bo`lgan “Nexia” va “Isuzu” to`qnashuvi sabablariga oydinlik kiritdi'ning rasmi

2020 yil 5 yanvar kuni taxminan soat 06:45 larda G`ijduvon tumani “Zafarobod” qo`rg`oni hududidan o`tuvchi, “Navoiy-Zarafshon” A-379 avtomobil yo`lida “Nexia” avtomobili Navoiy kon metallurgiya kombinatiga tegishli “Isuzu” rusumli avtobus bilan yuzma-yuz to`qnashib, yo`l-transport hodisasi sodir qilgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining habariga ko`ra, fuqaro 46 yoshli A.N. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomashinasida yo`l-harakati qoidalari buzib me`yoridan ortiq ichida jami 5 nafar yo`lovchilari bilan birga Konimex tumani Zafarobod shaharchasi tomon harakatlanib, yo`lning 60 km.ga etganida boshqaruvni yo`qotib, o`ziga nisbatan qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro 50 yoshli U.X. boshqaruvidagi “Isuzu” avtobusi bilan to`qnashdi.

Oqibatda “Nexia” avtomashinasining yo`lovchisi 58 yoshli M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan, engil avtomashinaning va avtobusning qolgan yo`lovchilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan, engil avtomashinaning boshqa yo`lovchisi 29 yoshli T.M. ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. “Nexia” avtomashinasi ichida bo`lgan yana bir yo`lovchi og`ir ahvolda, avtobusdagi 4 nafar yo`lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi (odamlar o`limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



 

    Boshqa yangiliklar