Mamlakatimizning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra, 2020 yil 1 yanvar kuni Izmir shahridagi mebel do`konlaridan birida u erda ishlovchi O`zbekiston fuqarosi A.A.ning jasadi topilgan. Mazkur holat yuzasidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda A.A.ning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berishga tayyor.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi va Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o`tadi: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.






