2020 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani, «Chilonzor 15-mavze» va «Bog`obod» ko`chalaridagi o`rta bosimli gaz quvurlarini harakatdagi gaz quvurlariga ulash bilan bog`liq ta`mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli tabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi.
Xususan, «Chilonzor 21-mavze» va «Chilonzor 22-mavze»dagi 70 ta uy jami 3921 ta aholi xonadonlari hamda ulgurji iste`molchilari, «Farhod» ko`chasidagi «Villa» turk dahasida joylashgan jami 16 ta aholi xonadonlari va «Foziltepa» ko`chasidagi jami 100 ta aholi xonadonlari soat 10:00 dan 18:00 ga qadar uziladi.
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi, deya xabar beradi «Hududgazta`minot» AJ matbuot xizmati.
«Hududgazta`minot» AJ ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.






