AsosiyJamiyat

“Amirsoy” tog`-chang`i kurortida baxtsiz hodisa — yosh yigit halok bo`ldi

'“Amirsoy” tog`-chang`i kurortida baxtsiz hodisa — yosh yigit halok bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 7 yanvar kuni Amirsoy Resort tog`-chang`i kurortida qayg`uli hodisa yuz berdi. 

Soat 16:20 atrofida “Amirsoy” kurortining chang`i yo`llari yopilishidan oldin, tashrif buyurganlardan biri dam olish xodimiga yosh chang`ichining g`oyib bo`lganligi haqida xabar berdi. Ushbu ma`lumotni olgach, “Amirsoy Resort” qutqaruv guruhi bedarak yo`qolgan odamni qidirishga kirishdi. 

30 daqiqadan so`ng, chang`ichini qutqaruv xizmati a`zolaridan biri chang`i yo`lining tashqarisida, hayot alomatlari yo`q holda topdi. 

50 daqiqa davomida “Amirsoy”dam olish maskanining sakkiz nafar professional qutqaruvchilari va ikki nafar shifokor jabrlanuvchini jonlantirishga harakat qilishdi, afsuski, natija bo`lmadi. “Amirsoy”ning barcha xodimlari halok bo`lganning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik izhor qilgan.

    Boshqa yangiliklar