AsosiyJamiyat

UzAuto Motors Moskvada navbatdagi avtosalonini ochdi

'UzAuto Motors Moskvada navbatdagi avtosalonini ochdi'ning rasmi

6 yanvar kuni Moskva shahrida tantanali ravishda milliy avtomobillarimiz savdosi bilan shug`ullanuvchi yana bir avtosalon ish boshladi. Avtosalon Novovladikinsk tor ko`chasi 2 uymanzilda faoliyat yuritadi.

Avtosalonda xaridorlar Ravon brendining barcha modellar qatori bilan tanishishlari, avtosalon mutaxassislaridan malakali xizmat va maslahat olishlari hamda test-drayvdan o`tishlari mumkin.

Salonda shuningdek Trade-in xizmati mavjud bo`lib, uning yordamida mijozlar xarid jarayonini yanada osonlashtirishlari hamda eski avtomobillarini yangisiga almashitirishlari mumkin. 

Avtosalon avtomobillar savdosidan tashqari ularni kreditga berish xizmatini ham taklif qiladi.

    Boshqa yangiliklar