AsosiyJamiyat

Shaxrisabzda yong`in oqibatida bir oila jarohatlandi

'Shaxrisabzda yong`in oqibatida bir oila jarohatlandi'ning rasmi

2020 yilning 8 yanvar kuni soat taxminan 04:00 larda Shaxrisabz tumani Xitoy mahallasida yashovchi 47 yoshli fuqaro N.B.ning yashash uyida yong`in sodir bo`lgan.

Oqibatda N.B. va uning turmush o`rtog`i 38 yoshli G.E., 10 yoshli D.N., 8 yoshli A.N.lar kuyishdan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yong`in kelib chiqish sabablari o`rganilmoqda, dastlabki ma`lumotga ko`ra, yong`in uydagi gilam tagiga tashlangan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir bo`lgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

    Boshqa yangiliklar