Telegram kanallarining birida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Shamolikam qishlog`ida ko`prik yo`qligi sababli o`quvchi va o`quvchilar daryodan kechib o`tayotganligi haqida ma`lumot tarqatilgan edi.
Mana o`sha kun qahramoni deya e`tirof etilayotgan o`qituvchi — Sayfulla Xudoyqulov.
Ha, topdingiz, o`sha etik kiyib, maktab bolalarini suvdan o`tkazayotgan o`qituvchi. Darvoqea, mazkur filialdagi 8 nafar o`qituvchi ham qahramon bo`la oladi. Boisi, shu paytga qadar sel kelgan kezlari nafaqat Sayfulla Xudoyqulov, uning 7 nafar hamkasbi ham shunday qilgan.






