14 yanvar O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilgan sana, Vatan himoyachilari kuni. Ushbu bayramni munosib nishonlash maqsadida Toshkent shahrida qator xarbiy-vatanparvarlik ruhidagi tadbirlarni o`tkazish rejalashtirilgan.
Xususan, bayram dasturlari orasidan harbiy oilalarga kvartiralar topshirish, marafonlar, mavzuga doir festivallar o`rin olgan.
1. 8 yanvar kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkentdagi filialida “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusidagi ma`naviy-ma`rifiy tadbir;
2. 10-14 yanvar kunlari soat 10.00 dan 16.00 gacha Xalqlar do`stligi saroyi maydonida “Harbiylar festivali”;
3. 12 yanvar kuni soat 12.00 dan 13.00 gacha Yashnobod tumani, Olmos mahallasida qurilgan ko`p qavatli uylarni harbiy oilalarga topshirish marosimi;
4. 12 yanvar kuni soat 15.00 dan 16.00 gacha Sergeli tumanidagi 9-qurilish uchastkasida qurilgan ko`p qavatli uylarni harbiy oilalarga topshirish marosimi;
5. 12 yanvar kuni soat 10.00 dan 12.00 gacha Qurolli kuchlar muzeyidan Xalqlar do`stligi maydonigacha “Vatanimga tayanchman” ommaviy yugurish marafoni;
6. 12 yanvar kuni soat 14.00 dan 16.00 gacha Xalqlar do`stligi maydonida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostida gala-konsert;
7. 14 yanvar kuni soat 16.00 dan 18.00 gacha Xalqlar do`stligi saroyida “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!” shiori ostidagi asosiy bayram tadbiri;
8. 14 yanvar kuni soat 18.00 dan 20.00 gacha “Navro`z” qabullar uyida tantanali qabul marosimi.
Harbiy-vatanparvarlikka yo`g`rilgan tadbirlarimizga barchangizni taklif etamiz, deyiladi Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti taqdim etgan xabarda.






