Mamlakatimizning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo`limi 2020-yil 1-yanvardan xorijliklarga, jumladan O`zbekiston fuqarolariga, Moskva shahrida ishlash huquqini beradigan patent narxi 7 foizga oshib 5350 rublni tashkil etishi to`g`risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: : +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20.






