6 yanvar va 7 yanvar tongida Toshkent shahri meteorologik sharoitlari havo muhitida bir oz zararli moddalar yig`ilishiga imkoniyat yaratdi, deb xabar berdi respublika gidrometeorologiya xizmati markazi.
Stasionar postlarning kuzatuv ma`lumotlariga ko`ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi bir martalik maksimal ruxsat etilgan me`yor (REM b.m.)dan ortgani qayd etilgan.
Azot dioksidi bo`yicha Yashnobod tumanida REM b.m.dan yuqori 3 holat kuzatildi.
Boshqa tumanlarda olingan ma`lumotlar bo`yicha zararli moddalar miqdori ruxsat etilgan me`yordan yuqori bo`lgani kuzatilmadi.
9 yanvar va 10 yanvar tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida biroz zararli moddalar tarqalishiga imkoniyat yaratadi.






