“Xorijda ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan O`zbekiston fuqarolarining bolalarini O`zbekistonga qaytarish tartibini takomillashtirish to`g`risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq:
* xorijda ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar O`zbekistonga Ichki ishlar vazirligi tomonidan qaytariladi;
* 3 yoshgacha bo`lgan bolalarni O`zbekistonga qaytarish Sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
* ushbu bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo`lmaganda, ularning O`zbekiston fuqaroligiga mansubligi O`zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijda ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qaytarish tartibi belgilandi.
Nizomga ko`ra, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi xorijda ota-onasi qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qaytarish bo`yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
Bu boradagi faoliyat Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi






