AsosiyJamiyat

Blogerga tuhmat qilgan matbuot kotibi ishi sudda ko`rildi. Natija esa...

'Blogerga tuhmat qilgan matbuot kotibi ishi sudda ko`rildi. Natija esa...'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek,  bloger Xurshid Dalievga Andijon shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari hokimlikning rasmiy Telegram kanali orqali tuhmat va haqorat qilgan edi. 

Bir qancha munosabat va muhokamalardan keyin ushbu masala bo`yicha bugun Andijonda ma`muriy ishlar bo`yicha sud bo`lib o`tdi. Bu haqda bloger Daliev o`zining ijtimoiy tarmoqdagi kanali orqali ma`lum qildi. 

Unga ko`ra tuhmat va haqorat qilgan matbuot kotibi G.Qo`chqorova besh yarim million so`m miqdorida jarimaga tortildi. 

“Tafsilotlar bilan keyinroq o`rtoqlashamiz!” — deya qisqa yakunlagan bloger

    Boshqa yangiliklar