AsosiyJinoyat

Qo`qonda dahshat: ko`chada er-xotin o`ldirilib, farzandlarining og`zini skotchlab ketildi

'Qo`qonda dahshat: ko`chada er-xotin o`ldirilib, farzandlarining og`zini skotchlab ketildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida bir oilada ayanchli qotillik ro`y bergani aytildi, ijtimoiy tarmoqdagi kanallardan birida. 

Keltirilishicha, 7 yanvar kuni Qo`qon shahridagi poyafzal fabrikasi orqasidagi ko`chada er-xotin o`ldirib ketilgan va farzandlarning og`zini skotchlab, jinoyatchi voqea joyidan yashiringan.

Hozir shaharda katta reyd boshlangan. Lekin bu xabar rasman tasdiqlanmagan, deyiladi xabarda.

“darakchi.uz” ushbu xabarni tasdiqlash maqsadida tegishli davlat organlari bilan bog`landi. Ma`lumotlar tasdiqlandi. Ayni paytda tezkor qidiruv ishlari ketmoqda. Gumonlanuvchilar ushlanishi bilan voqea tafsilotlari aniq faktlar asosida ma`lum qilinadi.

Yaqin vaqt ichida bu borada yangiliklarni taqdim etamiz. 

    Boshqa yangiliklar