Pokistonda harbiy samolyot halokatga uchrashi natijasida ikki uchuvchi halok bo`ldi, deyiladi REGNUM ning Al Arabia ma`lumotiga tayanib bergan xabarida.
Hodisa Mianvali viloyatida sodir bo`lgan. Ma`lum bo`lishicha, uchuvchilar o`quv mashg`ulot davomida samolyotni boshqarayotgan bo`lishgan. Halok bo`lganlar eskadrilya komandiri Xaris bin Xalid va uchuvchi zobit Ibod Rahmon ekani aytilgan. Halokat sabablari hozircha aniqlanmagan.
Bugun Tehronda Ukrainaning yo`lovchi samoliyoti qulagani haqida ham xabar bergan edik.






