AsosiyJamiyat

Buxoro viloyatiga bir yilda 3,6 mln sayyoh tashrif buyurdi

'Buxoro viloyatiga bir yilda 3,6 mln sayyoh tashrif buyurdi'ning rasmi

Buxoro viloyatiga 2019 yil davomida tashrif buyurgan sayyohlar soni 3,6 mln nafardan oshdi. Bu haqda Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati xabar berdi. Bunda, xorijiy sayyohlar soni 601 ming nafarni tashkil etib, bu ko`rsatgich 2018 yilga nisbatan 2 barobarga ko`payganidan dalolat beradi. 

Sayyohlarga yanada qulay sharoitlar yaratish va xizmatlar eksportini ko`paytirish maqsadida mehmonxonalar, muzeylar, kafe-restoran, savdo shahobchalari va boshqa ob`ektlarda xorijiy valyuta hamda xalqaro plastik kartalardan to`lovlarni ham milliy ham xorijiy valyutani qabul qilish bo`yicha 67 ta valyuta ayirboshlash shaxobchalari, 35 ta avtomotlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o`rnatildi.

Bundan tashqari viloyat miqyosida jami 100 dan ortiq, jumladan Buxoro shahrida 72 ta yangi mehmonxonalar qurilish ishlari boshlanib davom etmoqda.

Xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Buxoro shahrida o`n yildan ortiq vaqt davomida ishlamay turgan 3 ta yirik 480 o`rinli “Buxoro-palas”, 390 o`rinli “Zarafshon” mehmonxonalari investorlarga berilib, ularda rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Shundan, “Orient Star Hotels” MChJga qarashli “Varaxsha” mehmonxonasi 2019 yilning may oyida o`z faoliyatini boshladi.

Shuningdek, Etti pir ziyoratgohlariga tutash hududlarda ham 7 ta mehmonxona qurish uchun 1,7 gektar er uchastkalari ajratilib, bu ob`ektlarning 5 tasida Shofirkon, Vobkent, Kogon va Romitan tumanlaridagi Xo`ja Ali Romitaniy va Xo`ja Muhammad Boboi Samosiy ziyoratgohlarida qurilish ishlari yakunlanib foydalanishga topshirildi.

 

    Boshqa yangiliklar