Yaqin orada ijtimoiy tarmoqlarda Qo`qon shahar FHDYo bo`limida sodir bo`lgan holat bo`yicha murojaat e`lon qilingan bo`lib, unda Xalq banki Qo`qon bo`limi kassirining ish vaqtida o`z o`rnida bo`lmasligi, “kserokopiya” xizmatining muammo ekanligi kabi holatlar qayd etilgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi mazkur murojaatga Qo`qon shahar hokimligi Matbuot xizmati rasmiy javob taqdim etdi.
Unga ko`ra, ish vaqtida o`z o`rnida bo`lmagan Xalq banki Qo`qon bo`limining chakana amaliyotlar kassiriga mehnat qonunchiligiga asosan xayfsan berildi.
Qo`qon shahar FHDYo bo`limi zamonaviy kseroks bilan ta`minlandi, kserokopiya xizmati endilikda bepul ko`rsatilmoqda.
Qo`qon shahar FHDYo bo`limi rahbariyati tomonidan barcha xodimlarga fuqarolarga xushmuomala bo`lish yuzasidan qat`iy ogohlantirish berildi.






