Xabaringiz bor, kecha, Texnik nosozliklar tufayli bortida 180 nafar yo`lovchi bo`lgan Ukrainaning Boeing 737 samolyoti Tehron xalqaro aeroportida halokatga uchradi.
Ushbu aviahalokat munosabati bilan hamda Kirmonda general Sulaymoniyni dafn etish marosimida halok bo`lganlar sabab Eron hukumati 9 yanvarni motam kuni deb e`lon qildi.
Mazkur vojiali aviahalokat sabab Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham 9 yanvarni motam kuni deb e`lon qilish bo`yicha buyruq berdi.
Unga ko`ra, ko`ra Ukraina davlat bayrog`i pastga tushiriladi. Ko`ngilochar tadbirlar, bayram dasturlari, teleko`rsatuv va radioeshittirishlar rejasi o`zgartiriladi.
Shuningdek, Zelenskiy ukrain samolyotining halokatga uchrashi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atish bo`yicha mamlakat bosh prokuroriga topshiriq ham bergan.
Eslatib o`tamiz, samolyot bortidagi bir necha davlat fuqrolaridan iborat yo`lovchilarning barchasi halok bo`lgan.






