2020 yil 8 yanvar kuni soat taxminan 11:15lar chamasida Marg`ilon shahar Mustaqillik ko`chasida xizmat olib borayotgan viloyat IIB YHXB YPX bataloni YPX birinchi otryadi uchinchi safarbar guruhi YPX inspektori safdor A.Kenjaev svetaforning qizil chirog`ida harakatlanib kelayotgan 40F292FA davlat raqam belgili “Spark” rusumli avtomobilni jezel yordamida to`xtatgan. Biroq, haydovchi safdor A.Kenjaevning qonuniy talabiga bo`ysunmay, harakatni davom etirgan.
Shundan so`ng safdor A.Kenjaev radio aloqa vositasi orqali Marg`ilon shahar markazida xizmat olib borayotgan IIB YHXB YPX bataloni YPX birinchi otryadi uchinchi safarbar guruhi YPX inspektori safdor N.Kamolovga “Spark” rusumli avtomobil to`xtamay harakatlanib borayotganligini etkazadi. Safdor N.Kamolov Marg`ilon shahar markazida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisiga jezel yordamida to`xtash ishorasini bergan vaqtida haydovchi safdor N.Kamolovning qonuniy talabiga bo`ysunmay harakatni davom ettiradi. Natijada safdor N.Kamolov avtomobilning old qismiga chiqib qoladi va haydovchi shu holatda Marg`ilon shahar Oqmasjid chorrahasiga qadar harakatlanib boradi. Ushbu chorrahadagi svetafor oldida safdor N.Kamolov “Spark” avtomobilidan tushub qoladi.
Shundan so`ng haydovchi harakatni davom ettirib, Marg`ilon shahar Mashat ko`chasidagi 7-umumta`lim maktabi oldidagi elektr simyog`ochga borib urilib, avtomobilni to`xtatadi.
Holat bo`yicha surishtiruv ishlari olib borilganda 40F292FA davlat raqam belgili “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi M.Mda haydovchilik huvoxnomasi va ishonchnomasi mavjud emasligi sabali YPX inspektiorining qonuniy talabiga bo`ysunmaganligi aniqlandi. Holat bo`yicha to`plangan xujjatlar 2020 yil 8 yanvar kuni Marg`ilon shahar ma`muriy sudiga taqdim qilindi va 40F292FA davlat raqam belgili “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi Marg`ilon shahar A.Qodiriy ko`chasi 35-uyda yashovchi 1999 yilda tug`ilgan M.Mga O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 va 194-moddalariga asosan 12 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi, deya xabar berdi Farg`ona viloyati IIB YHXB Axborot xizmati






