AsosiyJamiyat

2020 yilda Qashqadaryoda 17 ta investision loyihalar amalga oshiriladi

'2020 yilda Qashqadaryoda 17 ta investision loyihalar amalga oshiriladi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida investisiya dasturida belgilangan reja 109 foizga bajarildi. Bu haqda viloyat hokimining investitsiyalar, innovasiyalar, hususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Oybek Shagazatov ma`lum qildi.

2019 yilda Qashqadaryo viloyatiga istiqbolli rejalarni o`rganish maqsadida 300 dan ortiq xorijiy kompaniya vakillari tashrif buyurishdi. Bundan tashqari ilk bor 200 dan ortiq chet ellik investorlar ishtirokida Qashqadaryo viloyatida “Xalqaro investision forum” hamda 6 ta tumanda investision forumlar tashkil etildi. Olib borilgan sa`y-harakatlar natijasida viloyatga o`tgan yil davomida 151,2 mln.dollar qiymatida to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya jalb qilindi. 

Xorijiy investisiyalar Singapur, Xitoy, Rossiya, Eron, BAA, Janubiy Koreya va Turkiya kabi etakchi davlatlardan eng zamonaviy texnologiyalar olib kelinib, Qarshi shahrida "BISS ELECTRONICS SYSTEM" QKda Xitoy davlatining "ITM SWS Co., Ltd." kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy LED televizorlarini ishlab chiqarish, Shahrisabz shahrida "Zonda Décor Invest" xorijiy korxonasida Xitoy davlati bilan hamkorlikda zamonaviy dekorativ panellar ishlab chiqarish, Kitob tumanida "ERKAN MACHINERY" QKda Turkiya davlati bilan hamkorlikda zamonaviy tegirmon usunalarini ishlab chiqarish loyihalari yo`lga qo`yildi.

2020 yilda yilda to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya mablag`larini o`zlashtirish bo`yicha reja ko`rsatgichi 141,1 mln. dollarni tashkil etadi. 

2020 yilda eng zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda 17 ta loyihalar amalga oshiriladi. 

Yo`nalishlar bo`yicha, 

* Farmasevtika sohasida 1 ta loyiha — 1,0 mln. dollar;

* Engil sanoat sohasida 4 ta loyiha — 47,5 mln. dollar;

* Kimyo sanoat sohasida 2 ta loyiha — 11,1 mln. dollar;

* Qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida 3 ta loyiha — 65,6 mln. dollar;

* Qishloq xo`jaligi sohasida 2 ta loyiha — 3,5 mln. dollar;

* Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida 1 ta loyiha — 2,5 mln. dollar;

* Sog`liqni saqlash sohasida 1 ta loyiha — 1,1 mln. dollar;

* Turizm sohasiga 2 ta loyiha — 7,0 mln. dollar;

 * Elektro texnika sohasida 1 ta loyiha — 1,8 mln. dollar mablag`lar jalb etiladi.

Bundan tashqari, viloyat investision jozibadorligini oshirish, salohiyatli investorlarni jalb kilish maqsadida 2020 yilning aprel oyida Qarshi shahrida “Zamonaviy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish” bo`yicha xalqaro biznes forum, 2020 yilning iyul oyida Yakkabog` tumanida “Agroklasterni rivojlantirish va meva-sabzavotni qayta ishlash” bo`yicha xalqaro biznes forum tashkil etish va ushbu tadbirlarda salohiyatli investorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar