1

Zangiotada sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik o`rtasida muhokama qilindi

Jamiyat 09.01.2020, 11:59
Zangiotada sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik o`rtasida muhokama qilindi

Kecha, 7 yanvar kuni Toshkent viloyati IIBB rahbariyati ishtirokida, shu yilning 5 yanvarkuni Zangiota tumani “Mevazor” mahalla fuqarolar yig`inida sodir etilgan jinoyat, tuman prokurori, IIB boshlig`i va mas`ullari hamda mahalla fuqarolari o`rtasida ochiq muloqot tarzida muhokama qilindi.

Dastlab tuman IIB tergovchisi hodisa tafsilotlariga to`xtaldi.

Unga ko`ra, joriy yilning 5 yanvar kuni soat taxminan 18:30larda Zangiota tumani “Mevazor” MFYda yashovchi 1964 yilda tug`ilgan fuqaro Sh.A. mast holda ushbu mahallada yashovchi qo`shnisi 1984 yilda tug`ilgan fuqaro U.Q.ning yashash xonadoniga borgan. Ularning o`zaro suhbati janjalga aylanib, fuqaro U.Q.ning tanishi ushbu janjalga qo`shilgan vaqtda, mast holdagi Sh.A. tomonidan oshxona pichog`i bilan jarohatlangan. Natijada 40 yoshli fuqaro A.U. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, hozirda mazkur holat bo`yicha Zangiota tuman IIB huzuridagi tergov bo`limida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani va bu bilan ikki oila behalovat bo`lib, jinoyat ortidan keladigan ayanchli oqibatlari haqida gapirib o`tdi. Mazkur yig`ilishda bosh boshqarmaning mas`ullari, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan jinoyat haqiqati va adolati tamoyilida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qolaversa viloyat IIBB tomonidan ham bu boradagi ishlar xususida alohida misollar bilan to`xtaldilar. Shuningdek, mazkur tuman va mahalla hududida sodir etilgan shu turdagi jinoyatlar va ularni keltirib chiqargan sabablar atroflicha tahlil etildi.

Yig`ilish davomida tuman hokimining o`rinbosarlari, mahalla kengashi rahbari va faollari ham ushbu ayanchli voqea mahallada yashovchilarga ibrat bo`lib, kelajakda bunday holatlarni oldini olish borasidagi o`z fikr-mulohaza takliflarini bildirdilar.

Tadbir so`ngida aytilgan mulohazalardan xulosa tariqasida bu kabi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan takliflar mas`ullar tomonidan ijro uchun belgilab olindi, deya xabar beradi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1