1

Yangi qurilayotgan omborxona binosida yong`in sodir bo`ldi

Jamiyat 09.01.2020, 12:17
Yangi qurilayotgan omborxona binosida yong`in sodir bo`ldi

Joriy yilning 8 yanvar kuni soat 16:10da Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani Gulzor MFYda joylashgan «Izza Bobur» oilaviy korxonasiga qarashli yangi qurilayotgan omborxona binosida yong`in bo`layotgani haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 6 ta Yong`in o`chirish ekipajlari jalb etilgan. Birinchi bo`linmalar chaqirilgan manzilga soat 16:26da etib borgan. Ma`lumot o`rnida aytish joizki, eng yaqin yong`in-qutqaruv qismigacha masofa 15 km.ni tashkil etadi. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 16:40da o`rab olindi va soat 17:05da o`chirildi. Buning natijasida, alangada qolgan binoning 300 kv.m. maydoni saqlab qolingan. Ammo, omborxona binosining 190 kv.m. maydonida sintepon qurilish mahsuloti va tom qismi yongan.

Mazkur hodisaning tahminiy sababi, sintepon qurilish mahsulotini bir biriga fen yordamida ulanishida ehtiyotsizlik oqibatida kelib chiqqan. Tan jarohati va halok bo`lganlar qayd etilmadi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq tarqalgan videolarda yong`in namunali uylarda sodir bo`lganligi haqida noto`g`ri tahminlar tarqalgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1