1

Zangiotada yana bir jinoyat fosh qilindi

Jinoyat 09.01.2020, 12:37
Zangiotada yana bir jinoyat fosh qilindi

Toshkent viloyati. 2019 yilning 12 noyabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod qo`rg`onida yashovchi 35 yoshli I.A. ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni noma`lum shaxslar uning uyiga g`ayriqonuniy ravishda kirib xonadonning mehmonxonasidagi shkafdan 5.500.000 so`m pul, 2.100 AQSh dollar va sariq metaldan yasalgan tilla taqinchoqlarni yashirin ravishda talon-toroj qilishganligini ma`lum qilib, ularni aniqlab qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uy-joyga g`ayriqonuniy ravishda kirib, o`zganing ancha miqdordagi mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilishda ifodalangan o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 30 yoshli J.A. va 29 yoshli B.T.lar sodir etganligi aniqlanib, gumondorlar prosessual tartibda ushlanganlar.

Dastlabki tergov jarayonida ular jinoyat ishi bo`yicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinishgan. Hozirda tergov davom etmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1