1

O`zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida qonun yangi tahrirda qabul qilinadi

Jamiyat 09.01.2020, 13:30
O`zbekistonning ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida qonun yangi tahrirda qabul qilinadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan O`zbekiston Respublikasining “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida”gi qonuni loyihasi kiritildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni mas`ul xodimi Azmiddin Naimovning ta`kidlashicha, “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to`g`risida”gi Qonun 1996 yilda qabul qilingan bo`lib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan edi.

31 moddadan iborat amaldagi qonunning 15 ta moddasi bugungi kunda o`z kuchini yo`qotgan.

Amaldagi qonunga ko`ra, ma`muriy-hududiy tuzilish bilan bog`liq masalalarda davlat organlarining vakolatlari, davlat boshqaruvi organlarining ma`muriy-hududiy tuzilish masalalaridagi ishtiroki ko`rsatilmagan edi.

Yangi ishlab chiqilgan “O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi 9 ta bob va 46 ta moddani o`z ichiga oladi. O`zbekiston Respublikasining ma`muriy-hududiy tuzilishining asosiy taomillarini belgilash, O`zbekiston Respublikasining ma`muriy – hududiy tuzilishining tarkibiy qismlarini qonuniy normalar orqali mustahkamlash, ma`muriy – hududiy tuzilish masalalarining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiruvchi organlar va ularning vakolatlarini belgilash qonun loyihasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Loyihada davlat organlarining vakolatlari alohida moddalarda belgilanmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1