1

O`zbekistonga xoinlik qilgan sobiq diplomat qamaldi

Jinoyat 09.01.2020, 14:59
O`zbekistonga xoinlik qilgan sobiq diplomat qamaldi

O`zbekiston Respublikasi Harbiy sudida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 157-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sobiq diplomat K.Yusupovga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etdi.

Oliy sud matbuot xizmatidan O`z Aga ma`lum qilinishicha, bir necha oy davomida o`tkazilgan yopiq sud majlisida sudlanuvchi va guvohlarning ko`rsatmalari tinglanib tahlil qilindi. DXX Tergov boshqarmasi tomonidan to`plangan dalillarga baho berilib, sudlanuvchining vajlari tekshirildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to`liq o`rganib, sudlanuvchi K.Yusupovni davlatga xoinlik qilish jinoyatini sodir etganlikda aybli, deb topdi.

Sudlanuvchiga nisbatan jazo chorasini tayinlashda sud O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va jinoyat qonunchiligida belgilangan insonparvarlik va adolat tamoyillariga ham asoslandi.

Natijada, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, sudlanuvchining shaxsi, oilaviy ahvoli kabi jazoni engillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlar e`tiborga olinib, K.Yusupovga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1