1

50 million so`mlik “Tropikamid”ning savdosi “pishmay” qoldi

Jamiyat 09.01.2020, 15:21
50 million so`mlik “Tropikamid”ning savdosi “pishmay” qoldi

Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan “Tropikamid” dori vositasining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tadbir davomida fuqaro N.J. tomonidan tegishli hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 50 million so`mlik 500 dona “Tropikamid” dori vositalarini yashirincha sotayotgan vaqtida tezkor guruh xodimlari tomonidan to`xtatib qolindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1