1

Hujjatda ko`rsatilmagan 676 million so`mlik mato aniqlandi

Jamiyat 09.01.2020, 15:32
Teglar: bojxona, mato
Hujjatda ko`rsatilmagan 676 million so`mlik mato aniqlandi

Bojxona to`lovlarini chetlab o`tishga bo`lgan urinishlarga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Kuni kecha ana shunday holatlardan yana biri aniqlandi. Jumladan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga xorijdan keltirilgan mato tovarlari Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligini buzgan holda respublikaga olib kirilishiga chek qo`yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Olib borilgan tekshiruvlar natijasida, matolar hujjatlarda ko`rsatilganidan 162 240 kv.metr ko`p bo`lib, hujjatlarda ko`rsatilganidan tovarlarning umumiy qiymati 676 million so`m ortiqcha ekanligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1