Bu borada kelishuvga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori Ko`ngratbay Sharipov Innovasion rivojlanish vazirining o`rinbosari Olimjon To`ychiev va Yoshlar akademiyasi rahbari Firdavs Nematzoda bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda erishildi.
Uchrashuvda, talaba-yoshlar uchun “Yosh akademiklar” klubini tashkil qilgan holda “Bozorni o`rganish”, “Marketing” kabi ta`lim yo`nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish borasida takliflar bildirildi.
Muhokamalarda ilmiy-tadqiqot ishini olib borishga qiziqqan yoshlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha aniq amaliy ishlarni olib borishga kelishildi.






