Xitoyning «Zhejiang Loong Airlines» aviakompaniyasi 10 yanvar kunidan e`tiboran Chendu – Toshkent yo`nalishida parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Ushbu yo`nalishda aviakompaniya parvozlarni haftasiga uch marotaba bajarishni rejalashtirigan. Chendu – Toshkent yo`nalishida ilk parvozni amalga oshirgan «Zhejiang Loong Airlines» aviakompaniyasining reysi ertaga mahalliy vaqt bilan soat 18:10 da Toshkent xalqaro aeroportiga qo`nadi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.
Eslatib o`tamiz, 2019 yilning 27 sentyabr kunidan e`tiboran Xitoyning mazkur aviakompaniyasi Sian shahridan Toshkentga charter reyslarni amalga oshirishni boshlagan edi.






