Bugun, 10 yanvar kuni soat 00:28da, Sergeli tumani, Lutfikor 1-tor ko`chasi 1-uyda joylashgan, “Sergeli kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK xududida ijarada faoliyat yuritayotgan, “Techno Sirius” MChJga qarashli binoning 4-qavatida joylashgan mayishiy texnika ishlab chiqarish sexida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lum qildi.
Binoning tom qismi 900 kv.m. maydonida yongan. Yong`indan binoning 1000 kv.m. maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 00:33da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 02:20da qurshab olinib, soat 03:40da o`chirilgan.
Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`indan insonlarni halok bo`lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi. Yong`in joyiga 18 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi






