AsosiyJamiyat

Endi talabalar stipendiyasi avvalgidek beshlik, to`rtlik va uchlik tartibda to`lanadi

'Endi talabalar stipendiyasi avvalgidek beshlik, to`rtlik va uchlik tartibda to`lanadi'ning rasmi

Xabaringiz bor, ayni paytda OTMda ta`lim olayotgan talabalar stipendiyasi joriy etilgan o`zgartirishga ko`ra, bir xil qilib, ya`ni 400 ming so`m miqdorda belgilangan edi. Bu yangilik keng muhokamalarga, hattoki ko`pchilikning noroziligiga ham sabab bo`lgan edi. Bir muddat avval esa talabalar stipendiyasini to`lash yana o`z holiga qaytarilishi haqida xabarlar va saylovoldi va`dalar ham bo`lgan. Ayni paytda esa talabalar stipendiyasi avvalgidek beshlik, to`rtlik va uchlik tartibda to`lanishi bo`yicha qaror loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev ma`lum qildi:

“Bugun Bosh vazir o`rinbosari  A.Abduhakimov bilan talabalarga stipendiya tayinlash tartibi bo`yicha hukumat qarori loyihasini muhokama qildik. 

Ko`pchilik talabalarning murojaatlarini inobatga olgan holda bildirilgan takliflar ham loyihada aks ettirilib, ushbu qaror qabul qilinishi bilan a`lochi, faol, besh bahoga o`qiyotganlar ilgarigidek yuqori, to`rtga o`qiyotganlar esa o`z nomi bilan to`rtlik, uch bahoga o`qiganlar esa uchlik stipendiya olishi kutilmoqda. 

Oddiy qilib aytganda, har kim o`z intilishi va izlanishiga qarab stipendiya oladi.

Loyihada yana bir qator yaxshi yangiliklar bor. Yaxshisi tez kunlarda qabul qilingach, bilib olamiz. 

Nasib bo`lsa, hujjat tez kunlarda qabul qilinadi”, — deya umid bildirgan deputat.

    Boshqa yangiliklar