“O`zstandart” agentligi Respublika va xorijiy oliy ta`lim muassasalarida standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo`nalishlarida tahsil olayotgan 3-4-bosqich talabalarini tajriba orttirish va amaliyot o`tash uchun xorijga yuborish bo`yicha tanlov e`lon qildi.
Tanlovda qatnashadigan talabalar soni cheklanmagan. Agentlik mazkur tanlovda qatnashish istagidagi nomzodlarga quyidagi talablarni qo`ygan:
* amaliyotga borayotgan o`quv laboratoriya markazlari va ish faoliyati bo`yicha kerakli bilim va ko`nikmalarga, mavjud muammolar va ularning ilmiy - amaliy echimi bo`yicha ma`lumotga ega bo`lishi;
* zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olish ko`nikmasiga ega bo`lishi;
* o`quv amaliyotini o`tab kelgach mahalliy sinov va kalibrlash laboratoriyalarda muddatli shartnoma asosida kamida olti oydan bir yilgacha muddat davomida ishlab berish kafolati.
Tanlovda qatnashish bilan bog`liq batafsil ma`lumotni quyidagi havola orqali topishingiz mumkin.






