AsosiyJamiyat

Yurtimizning qaysi viloyatlarida qashshoqlik darajasi yuqori ekanligi ma`lum bo`ldi

'Yurtimizning qaysi viloyatlarida qashshoqlik darajasi yuqori ekanligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida qashshoqlikning yuqori darajasi kuzatildi.

"Taraqqiyot strategiyasi” markazi Jahon banki bilan hamkorlikda 2018 yildan buyon “O`zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Mazkur loyiha doirasida Jahon bankining Qashshoqlik va tenglik bo`yicha global amaliyot markazi eksperti Uilyam Zeyts rahbarligida “Ular qaerda yashaydilar? Markaziy Osiyoda tumanlar miqyosidagi qashshoqlik darajasi, o`rtacha iste`mol va aholining o`rta sinfi ko`rsatkichlari” nomli hisoboti chop etildi.

Unda kam ta`minlangan va o`rta sinf aholi yashaydigan tumanlarning xaritalari keltirilgan bo`lib, eng tez rivojlanayotgan va aksincha orqada qolayotgan qoloq tumanlarni aniqlash imkoniyatlari ochib berilgan.

Ushbu hisobotda foydalanilgan uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, daromad darajasi o`rtachadan past davlatlar uchun qashshoqlik darajasi kuniga 3,2 AQSh dollari va daromad darajasi o`rtacha darajadan yuqori bo`lgan mamlakatlar uchun kuniga 5,5 AQSh dollari miqdorida belgilangan.

Natijalarga ko`ra, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Andijon viloyatlari va Qaroqalpog`iston Respublikasining ayrim tumanlarida qashshoqlikning yuqori darajasi, o`rta sinf aholining umumiy aholi sonidagi ulushining eng past darajasi Samarqand, Surxondaryo, Andijon, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasining ayrim tumanlarida kuzatilganini ko`rsatmoqda.

Hisobotning asosiy mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan o`zbek va rus tillarida qisqacha tahliliy ma`lumotnoma tayyorlandi.

Ushbu qo`llanma mamlakatimiz aholisining turmush darajasini oshirish yo`lida faoliyat yuritayotgan barcha vazirlik, idora, tashkilot va ilmiy markazlar uchun foydali bo`ladi degan umiddamiz.

 

 

    Boshqa yangiliklar