Bugun poytaxtimizda “Fayzli Toshkent” aksiyasi start oldi.
“Milliy” stadioni yonidagi avtoturargohda Toshkent shahar hokimi “Fayzli Toshkent” aksiyasiga mas`ul barcha mutasaddilar hamda 30 guruhga bo`lingan 1000 nafar xodimlar yig`ilishdi.
Jahongir Artikxodjaev aksiyaga start berar ekan, ozoda va sarishta shaharda fayz va baraka bo`lishini ta`kidlab o`tdi. Bunday tadbirlar natijasida Toshkent tom ma`noda ko`rkam, go`zal va obod shaharga aylanishi va undan so`ng ozadalik hamda tartibni saqlab turish ham muhimligiga e`tibor qaratdi. Shuningdek, bu tashabbusni toshkentliklar o`z hududlari, ko`chalarida davom ettirishlari, bu kundalik muhim ishlardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.
Yuqori kayfiyat va ko`tarinkilikda aksiyaga start berildi. Hududlarni chiqindilardan tozalash, olib chiqib ketish va tartibga keltirish uchun jalb etilgan 105 ta texnika, xususan, chiqindi tashish mashinasi, traktor, ekskavator, yuk ko`taruvchi mashina, samosval va kranlar va barcha xodimlar o`zlariga belgilangan manzillarga yo`nalishdi.






