AsosiyJamiyat

Chegarada ushlanib turgan 3 ta yuk avtomobil Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan O`zbekistonga kirish ruxsatnomasini qo`lga kiritdi

'Chegarada ushlanib turgan 3 ta yuk avtomobil Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan O`zbekistonga kirish ruxsatnomasini qo`lga kiritdi'ning rasmi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi direktori J.Xaydarovning avtomobilda xalqaro yuk tashish uchun ruxsatnomalar o`z vaqtida berilmayotganligi to`g`risidagi murojaati Bosh prokuratura tomonidan ko`rib chiqildi.  

Aniqlanishicha, erkin iqtisodiy zonasi ishtirokchisi hisoblangan  “Kamalak Tekstil” va “YEC Gilam” MChJlar nomiga kelayotgan 73 ta yuk avtomobillar (granula mahsulotlari ortilgan) Turkmaniston Respublikasidan O`zbekiston Respublikasi hududiga kirish uchun ruxsatnomasi (xalqaro yuk tashishlar uchun) bo`lmaganligi sababli davlatlar chegarasida turib qolgan.  

O`rganishda, Transport vazirligi tomonidan jamiyatlarga qarashli  avtotransport vositalariga ruxsatnoma blankalarini berishda amaliy yordam so`rab, qo`shimcha 200 ta ruxsatnoma blankalari vakolatli organ “Turkmenavtoulaglar” Agentligiga yuborilib, jamiyatlarga qarashli  yuk avtomobillar belgilangan manzil Samarqand viloyatiga to`liq etib kelishi ta`minlandi.  

Bosh prokuratura tomonidan o`rganish natijalari bilan  J.Xaydarovning murojaati qanoatlantirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar