Namangan viloyati, To`raqo`rg`on tumani “Oqtosh” shaharchasi, Osoyishta ko`chasi 16 uyda yashovchi fuqaro Turdimatov Ilhomjon Namangan viloyati tijorat bankidan kam ta`minlangan oilalar uchun beriladigan kredit olgan. Ushbu kredit bank tomonidan Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan “Salima Nurbek” MChJga o`tkazib berilgan. Iste`molchi MChJdan “Seganti” rusumli qiymati 2 mln 850 ming so`m bo`lgan tikuv mashinasi xarid qilgan.
Tikuv mashinasi oradan bir oy vaqt o`tmay nosoz holga kelgan. Ushbu buzuq tikuv mashinasi MChJ tomonidan almatirilib berilmagani sabab fuqaro Prezident portaliga murojaat qilgan.
Ushbu holat To`raqo`rg`on tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish ijro etuvchi apparati mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o`rganib chiqilib, “Salima Nurbek” MChJga qonun asosida tegishli tushuntirishlar olib borildi hamda MChJ tomonidan “Segante” tikuv mashinasi ta`mirlatib berildi.






