2020 yil 9 yanvar kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida e`lon qilingan, bir nechta avtotransport vositalari svetoforning qizil chirog`ida harakatlanib ketganligi aks ettirilgan 11 soniyali video tarqaldi. Buxoro viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati ushbu video lavha yuzasidan axborot berdi.
Unda aytilishicha, 2019 yil 9 yanvar kuni soat 11-15da Buxoro shahri “M.Iqbol” va “Hamza” ko`chalari tutashuvchi tartibga solingan chorrahadagi svetoforning harakatlanishni taqiqlovchi qizil chirog`ida harakatni davom ettirib, amaldagi yo`l harakati qoidalarining 31-bandi talablarini buzgan. Buning uchun “Asia star” va “ISUZU” avtobuslari hamda “Cobalt” engil avtomashinasi haydovchilariga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128prim 4-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi.






