AsosiySport

Shomurodovga 15 mln evrolik taklif tushdi

'Shomurodovga 15 mln evrolik taklif tushdi'ning rasmi

Nemis klubi “Rostov” klubi to`purari Eldor Shomurodov transferi uchun 15 mln evro taklif qildi. Bu haqda “Sport-Ekspress” nashri xabar berdi.

Shomurodovning agenti Qahhor Mo`minov yozda o`zbekistonlik futbolchi uchun Germaniyaning “Shtutgart” klubi 10 million evro taklif qilganini aytdi. Hozir esa Bundesliganing yana bir klubidan og`zaki taklif tushgan. “Shomurodovni 15 million evroga qo`yib yuborasizlarmi?”. deyiladi xabarda.

“Rostov” rahbariyati futbolchilariga xaridorlarning ko`pligidan biroz taajjublanyapti ham. Asosiy tarkibning deyarli barcha futbolchilariga boshqa klublar tomonidan qiziqish mavjud. Transfermarkt.de portalida futbolchilarning umumiy bahosi 13 mln evroga o`sib, 52 million evroga etgan.

Ma`lumot uchun, Eldor Shomurodov ushbu mavsumda “Rostov” klubi safida Rossiya Premer-ligasida 19 o`yinda 10ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

    Boshqa yangiliklar