1

Prezident Alisher Navoiyning haykali qayta o`rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko`rdi

Siyosat 11.01.2020, 18:06
Prezident Alisher Navoiyning haykali qayta o`rnatilayotgan Adiblar xiyobonini borib ko`rdi

Shavkat Mirziyoev bugun, 11 yanvar kuni Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy bog`iga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezidentning 2017 yil 18 apreldagi qaroriga muvofiq, «ma`naviy hayotimizda o`chmas iz qoldirgan atoqli yozuvchi va shoirlarning tarixiy xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodning madaniy-ma`rifiy saviyasini yuksaltirish» maqsadida Milliy bog` hududida Adiblar xiyoboni barpo etilmoqda.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, xiyobon Alisher Navoiy haykali bilan uyg`un bo`lib, yaxlit me`moriy ansanbl hosil qilishi uchun yangi loyiha ishlab chiqilgan. Unga ko`ra, 8 gektardan ziyod hudud obodonlashtirilib, Alisher Navoiy haykalini qayta o`rnatish belgilangan. Shavkat Mirziyoev bu erda olib borilayotgan ishlar, haykallar ko`rinishiga oid loyihalar bilan tanishgan.

 

«Prezident Haykallar yonida lavhlar o`rnatib hamda audioyozuvlar orqali har bir adib haqida qisqacha ma`lumot berish, ularning hayoti va ijodiga bag`ishlangan tadbirlar o`tkazish uchun qo`shimcha sharoit yaratish zarurligini ta`kidladi. Alisher Navoiy haykali gumbazini bezatish, hududni obodonlashtirish yuzasidan ko`rsatmalar berdi», — deyiladi rasmiy axborotda.

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1